Sharq sheʼriyati oshuftasi

08:15 17 Yanvar 2019 Madaniyat
589 0

Iogann Volfgang Gyote

Buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyote Sharq xalqlari tillari va tarixi, adabiyoti hamda diniy-falsafiy qarashlari, udumlari va urf-odatlariga yoshligidan qiziqib, Sharq sheʼriyatini yuksak qadrlagan ijodkor edi.

Uning koʻplab asarlari qatorida Qurʼoni karim va hadislar tarixi, paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) tarjimai holiga oid izlanishlari ham muhim oʻrin tutadi. Gyotening bu mavzuga eʼtiborini Sharq va Gʻarbni bogʻlab turuvchi adabiy koʻprik, deyish mumkin.

Oʻzbek adabiyotining turli avlodiga mansub ijodkorlar Gyote asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirib, undan adabiy ozuqa olganlar. Jumladan, taniqli shoir va tarjimon Sadriddin Salim Buxoriy Gyotening “Gʻarbu Sharq devoni”ni asliyatdan oʻzbekchaga tarjima qilib, shu asar matni va unga oid ilmiy tadqiqotlarini kitob holida oʻquvchilarga tuhfa etgan.

Besh xislatdan besh xislat judo erur,

Beadabga past tiynat oshno erur.

Kim takabbur, esda tut, doʻst boʻlmagay,

Kim yovuzdir mardi xolis boʻlmagay.

Kim hasadgoʻy, hech hayosi yoʻq uning,

Kim firibgar, eʼtiqodi yoʻq uning.

Sen agar ketsang bularni tark etib,

Oʻylakim, bilding balolardin oʻtib.

“Gʻarbu Sharq devoni”dan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?