Sharof Rashidovning tarixiy xati

20:20 30 Aprel 2019 Siyosat
1452 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi “Toʻpolang” suv omborida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

“Toʻpolang” gidrouzelini qurish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi hammamizga maʼlum. Shu bois mazkur qurilish obyektida doimiy monitoring ishlari olib borilib, qurilish ishlari doimiy nazoratda boʻlganligini guvohi boʻldik. Eng qiziqarli manba Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan tarixiy xati toʻgʻrisidagi tarixiy yodgorlikka koʻzimiz tushdi.

Bu xat Sharof Rashidovning “Toʻpolang” gidrouzelini qurish vaqtidagi tashrifi davomida qoldirilgan. Xat alohida maxsus idishga solingan va oʻsha vaqtning oʻzida mustahkam yodgorlik ichiga solingan. Sharof Rashidovning mazkur yoshlarga vasiyat xati “Oʻzbekgidroenergo” AJga qarashli “Toʻpalang HPD platinium” MCHJ hududida joylashgan. Tarixiy yodgorlik ustiga Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan xati toʻgʻrisidagi va bu xat 2180 yil ochilishi lozimligi yozilgan. 

“Oʻzbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?