Shargʻun shaharchasi va Denovda koʻp qavatli arzon uy-joylar qurilishi boshlandi

12:12 17 May 2019 Jamiyat
482 0

Davlatimiz rahbari joriy yilning 30 aprel - 1 may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Sariosiyo tumani Shargʻun shaharchasini obod va koʻrkam hududga aylantirish xususan, shaharchada 4 ta 5 qavatli jami 120 xonadonli uylar qurilishi boʻyicha topshiriq bergan edi.

Belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida sifatli amalga oshirish maqsadida hududda bunyodkorlik ishlari boshlandi. Dastavval, Sariosiyo tuman xokimligi tomonidan uy-joylar qurilishi uchun 1,04 gektar yer maydoni ajratildi. Ayni vaqtgacha 4 ta koʻp qavatli uyning kotlovan qazish ishlari 100 foizga bajarildi. Hozirda zichlash (trambovka) ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Obyektda 10 dan ortiq zamonaviy texnikalar va 60 ga yaqin muhandis quruvchilar jalb etilgan.

Shuningdek, tashrif davomida viloyatning Denov shahrida ham 5 ta 7 qavatli jami 210 xonadonli uylari qurilishi boʻyicha topshiriq berilgan edi. Bu yerda koʻp qavatli arzon turar joylar qurilishi uchun 3 gektar yer maydoni ajratildi. “Oʻzshahar qurilish invest” injenering kompaniyasi tomonidan uylarni tez va sifatli qurgan holda yil oxiriga qadar foydalanishga topshirish maqsad qilingan. Buning uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?