Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi yakunlari boʻyicha 15 ta hujjat imzolandi

13:07 02 Noyabr 2019 Siyosat
472 0

Bugun Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mamlakatlari Hukumat rahbarlari Kengashining yigʻilishi yakunlandi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻndan ortiq hujjatlar imzolandi.

Jumladan:

- SHHT Kotibiyatining SHHTning koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisoboti toʻgʻrisida;

- SHHTning 2018-yilgi byudjeti ijrosi toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobot toʻgʻrisida;

- Shanxay hamkorlik tashkilotining 2020-yilgi byudjeti toʻgʻrisida;

- SHHTga aʼzo davlatlar tashqi auditorlari komissiyasining Shanxay hamkorlik tashkilotining doimiy faoliyat yurituvchi organlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati tashqi auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisoboti toʻgʻrisida;

- Shanxay hamkorlik tashkilotining doimiy faoliyat koʻrsatadigan organlarining tarjimon taʼminoti toʻgʻrisida;

- Aʼzo davlatlarning koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturining yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisida;

- SHHTning Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha hamkorlik dasturini amalga oshirish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida;

- SHHT mamlakatlari temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida temir yoʻl transporti sohasida oʻzaro hamkorlik konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida;

- SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida uzoq va olis qishloqlarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik konsepsiyasini va uni amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasini tayyorlash toʻgʻrisida;

- Shanxay hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy tahlil markazlari konsorsiumi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida;

- SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 18-yigʻilishidan keyingi qoʻshma kommyunike;

- SHHT mamlakatlari hukumatlari oʻrtasida transportni boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish toʻgʻrisidagi doiraviy bitim;

- SHHT davlatlari bojxona xizmatlari oʻrtasida milliy tranzit tizimlarining oʻzaro integratsiyasi toʻgʻrisida memorandum;

- SHHT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) oʻrtasida anglashuv memorandumi;

- SHHT Kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?