Sham zavodi yonib ketdi

15:11 14 Sentyabr 2018 Dunyo
535 0
Foto: Euromag.ru

Finlyandiyaning Salo shahrida joylashgan sham zavodi yonib ketdi. Yongʻin tufayli shahar aholisi xavfsiz joylarga koʻchirilishi haqida eʼlon qilindi, deb xabar berdi Yle davlat telekanali.

Sababi korxonada 200 tonna parafin bor, olov esa oʻzidan zaharli tutun chiqarmoqda.

- Alanga juda kuchli. Yongʻin ombordan oʻtib ofis binosiga yetib bordi... Ombor Rojdestvoni kutib olish uchun shamlar bilan toʻldirilgan edi. Parafinni sovitish uchun suvdan foydalanib boʻlmaydi. Olovni oʻchirishning yagona yoʻli uni joyida ushlab turishdir, lekin bu bunday maydonga toʻgʻri kelmaydi, - dedi oʻt oʻchiruvchi Mika Kontio Yilki.

Sham zavodi oʻz ichiga ofislar, ishlab chiqarish va saqlash inshootlarini qamrab olgan hamda umumiy maydoni 10 ming kvadrat metrga teng. Voqea joyida 30 ta oʻt oʻchirish guruhi ishlamoqda. Hodisa sababi hozircha maʼlum emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?