Shahram Gʻiyosov beshinchi jangida ham gʻalaba qozondi

08:53 24 Sentyabr 2018 Sport
764 0
Foto: Press Association

22 sentyabr kuni Angliya poytaxti London shahridagi “Uembli” stadionida professional boksning yarim oʻrta vazn toifasida (-66,67 kg) oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov nikaragualik Xulio Lagunaga qarshi ringga chiqdi.

Mazkur reyting jangida Oʻzbekiston vakili faoliyatida hali magʻlub boʻlmagan (14 jang, 14 gʻalaba, 10 nokaut) raqibini 4-raundda nokautga uchratib, gʻalabaga erishdi.

Bu gʻalaba Shahram uchun prof ringdagi beshinchi gʻalaba (4 tasi nokaut bilan) boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?