Shaxmatchilar nima uchun boshqalardan ko‘ra uzoq yashaydi?

14:15 08 May 2018 Lifestyle
772 0
Foto: valimo.ru

Avstraliyalik olimlar shaxmat bilan professional tarzda shug‘ullanish umrni o‘rtacha 7,7 yilga uzaytiradi degan xulosaga kelishdi. Mutaxassislar bu yo‘lda 1950 yildan to bugungi kunga qadar grossmeysterlik maqomini olgan 16 mingdan ortiq sportchi hayotini o‘rganishdi. 

Natijada ulardagi sog‘lom turmush tarziga rioya etish odati uzoq umr ko‘rishga sabab bo‘lishi aniqlandi. Yaxshi jismoniy holat, yomon illatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish, doimiy mashg‘ulotlar shular jumlasidandir, deb yozadi “Zvezda” telekanali saytida.

Tadqiqotchilar bu borada yana bir xususiyatni topishdi. Ularning fikricha, shaxmatchilarning uzoq umr ko‘rishiga yashayotgan mamlakatidagi iqlim va ekologik sharoitlar kabi tashqi omillar ta’sir etmas ekan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?