Shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova jahon chempionatida sovrindor boʻldi

17:15 17 Sentyabr 2018 Sport
282 0

Oʻzbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida kumush medal sohibi boʻldi.

Turkiyaning Gebze shahrida oʻtkazilgan musobaqada Tohirjonova va rossiyalik Aleksandra Malsevskaya bir xil – 8,5 ochkodan toʻplashdi. Faqatgina qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga Rossiya vakili shohsupaning yuqori pogʻonasidan joy oldi. Bronza medal esa 8 ochko jamgʻargan gruziyalik Nino Xomerikiga nasib etdi.

Maʼlumot uchun, 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida 70 dan ortiq mamlakatning 300 ga yaqin vakili qatnashdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?