TIV Rossiya qamoqxonasida ochlik e’lon qilgan M.Shakarov bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

18:11 19 Iyul 2018 Jamiyat
472 0
Foto: mk.ru

2018 yilning 18 iyul kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimi O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarovga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Moskva shahridagi Jazoni ijro etish federal xizmatining 1-tergov izolyatoriga (SIZO-1) tashrif buyurdi.

Uchrashuv chog‘ida M.Shakarov sog‘ligidan shikoyat qilmadi. Har kuni SIZO rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazmoqda, vrach tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Tez tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiluvchi holatlar mavjud emas.

SIZO-1 rahbariyati bergan izohga ko‘ra, agar M.Shakarov ochlik holatini to‘xtatsa, sog‘lig‘ini tiklashi uchun tibbiy bo‘limga joylashtiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?