“Shaytanat” asari muallifi Tohir Malik haqida hujjatli film suratga olindi

16:29 23 Iyul 2018 Madaniyat
789 0

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” DUK rejissor Murod Odilovning “Hayot qayig‘i” nomli hujjatli filmini taqdim etadi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati ma’lum qildi. 
Mazkur filmda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.

“O‘zbekkino” MA matbuot xizmati

“Alvido, bolalik!”, “So‘nggi o‘q”, “Murdalar gapirmaydilar”, “Charxpalak”, “Talvasa”, “Shaytanat”, “Ov”, “Umidlar dashti”, “Iblis devori” kabi bir biridan qiziqarli, insonni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi, turli jinoyatlar jarayonini qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini bayon qiluvchi, jamiyatni jinoyatchilarsiz ravnaq topishini orzu qiladigan asarlar muallifi Tohir Malikdir.

Tohir Malik xalqqa yaqin bo‘lganining yana bir siri u – hazil-mutoyibani xush ko‘radi. Bir qator hajviy asarlari, kulgilari bilan o‘quvchilarga zavq-shavq ulashadi. Adibning, ayniqsa bolalarga mehri o‘zgacha. Shu boismi, uning asarlarida bolalarcha beg‘uborlik, bag‘rikenglik, samimiyatni ham ilg‘ash mumkin. Filmda Tohir Malikning ana shu  xislatlari ochib berilgan.

Davomiyligi 26 daqiqa bo‘lgan film premyerasi Alisher Navoiy nomli kino saroyida 30-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019