Shayxontohur tumanida 4 ta uy yonib ketdi

14:08 22 Avgust 2019 Jamiyat
69 0

22-avgust kuni soat 02:50da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Huvaydo” MFYda joylashgan 31, 51, 33 va 42-uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari jalb etilgan. Birinchi boʻlinmalar koʻrsatilgan manzilga soat 02:58da yetib borgan. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 03:11da qurshab olingan va 03:42da toʻliq bartaraf etilgan.

Oʻzbekiston YOXX matbuot markazi xabarigk koʻra, tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar qayd etilmagan.

Yongʻin oqibatida 31, 51, 33 va 42-uylarning 20, 65, 40 va 25 kv.metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan.

Yongʻinni qisqa vaqtda tarqalishiga uylarni qurishda yongʻinga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan va yongʻinga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab boʻlgan. Yongʻindan uylarning jami 550 kv.metr maydoni saqlab qolingan. 

Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?