Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga oʻtkazildi

16:54 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
105 0

2019-yil 12-sentyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari Shayx Abdulaziz Mansur Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining oʻrinbosari lavozimiga oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tayinlov Islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk allomalarimizning boy merosini chuqur oʻrganish, ular tomonidan asos solingan ilmiy faoliyatni qayta tiklash va rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida amalga oshirilgani maʼlum qilindi.

Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining masʼuliyatli va sharafli yangi vazifalarida Alloh taboraka taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?