Shahrisabzni YUNESKO Umumjahon merosi roʻyxatidan oʻchirish haqidagi maʼlumot yolgʻon boʻlib chiqdi

11:26 21 Fevral 2019 Jamiyat
343 0

Arxiv foto

Oʻzbekistonning YUNЕSKOdagi doimiy vakolatxonasi maxsus axborot bilan chiqdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi qator OAVning YUNESKO Umumjahon merosi markazi tomonidan Oʻzbekistonning Shahrisabz shahrini Umumjahon merosi roʻyxatidan oʻchirish toʻgʻrisidagi hujjat loyihasi tayyorlanayotgani borasida tarqatgan axborotini rad etgan.

Xabarga koʻra, doimiy vakolatxona Umumjahon merosi markazi rahbariyati bilan olib borilgan maslahatlashuvlardan keyin shuni taʼkidlaydiki, maqolalarda nomlari qayd etilgan mutaxassislarning Umumjahon merosi markaziga aloqadorligi yoʻq va uning nomidan biron bir bayonot berishga vakolatli emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?