Shahrisabzda yuz bergan yongʻin oqibatida bir oilaning 5 nafar aʼzosi jabr koʻrdi 

14:44 08 Yanvar 2020 Jamiyat
187 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Ahad Muhammadiyev/Qashqadaryo. Shu yilning 8-yanvar kuni soat 04:40da respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali Shahrisabz tumani subfilialiga yongʻin natijasida jarohatlangan fuqarolar olib kelingan.

Maʼlum boʻlishicha, Shahrisabz tumani Xitoy MFY Ommagʻon qishlogʻida yashovchi B.N.ning xonadonida yuz bergan yongʻin natijasida xonadon sohibi 1972-yilda tugʻilgan B.N. va uning turmush oʻrtogʻi, 1981-yilda tugʻilgan E.G. ogʻir, ularning 2009-yilda tugʻilgan qizi N.D. va 2011-yilda tugʻilgan oʻgʻli N.A. oʻrta ogʻir holatda kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib kelingan. Ayni paytda ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. 2003-yilda tugʻilgan oʻgʻli N.Q.ga ambulator yordam berildi, deyiladi Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabarida.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin uyda oʻrnatilgan elektr toki yordamida ishlovchi pol isitgichining qizib ketishi natijasida sodir boʻlgan. Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?