Shahrisabzda mast holdagi shaxs qo‘shnisining qotiliga aylandi

12:59 04 Iyun 2018 Jamiyat
862 0
Foto: tulapressa.ru

1 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida qotillik yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu shaharda yashovchi, R.J. mast holda uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida qo‘shnisi, M.V.ning bo‘yniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada M.V. kasalxonaga yotqizilib ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. R.J. ushlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?