Shahrisabzda 2 ta oliy oʻquv yurtining filiali tashkil etildi

12:07 13 Iyun 2019 Jamiyat
420 0

Hukumat qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Mazkur Filiallarda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu Filiallarning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi.

Mazkur akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?