Shahrisabz YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin

17:48 22 Iyun 2018 Madaniyat
564 0
Фото: uza.uz

Jahon merosi qo‘mitasining iyun oyi oxirida o‘tadigan yig‘ilishida Shahrisabzni YUNЕSKO Butunjahon merosi ro‘yxatidan chiqarish masalasi muhokama etiladi.

Bu haqda “Gazeta.uz” internet nashriga germaniyalik mutaxassis Yens Yordanga asoslanib xabar tarqatdi.

Uning ma’lum qilishicha, YUNЕSKOning Butunjahon merosi markazi Shahrisabzni Butunjahon merosi ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha taqdimnoma kiritgan.

Yordanning bildirishicha, 2014 yilda Shahrisabzdagi tarixiy mahallalar buzib tashlangani ortidan YUNЕSKO O‘zbekiston hukumatiga bu yo‘qotish o‘rnini qanday to‘ldirish masalasida takliflar kiritishni iltimos qilgan. Biroq uch yil davom etgan mazkur jarayonda O‘zbekiston tomoni bildirgan takliflar tashkilotni qoniqtirmadi.

“Masalan, O‘zbekiston hukumati bolalar uchun tashkil etilgan o‘yingohlarni ko‘chirish yoki ko‘cha chiroqlari sonini kamaytirish kabi takliflarni kiritgan. Bunday samarasiz chora-tadbirlar Jahon merosi markazi tomonidan hech qachon iltimos qilinmagan”, deydi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Shahrisabz YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga 2000 yilda kiritilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?