Shahrixonlik oilalarning oʻz advokatlari bor

10:35 11 Iyun 2019 Jamiyat
248 0

Andijonda Adliya tizimida oʻziga xos yangilikka asos solindi. Shu paytgacha rivojlangan xorijiy davlatlarda qoʻllanib kelinayotgan Oilaviy advokatlik xizmati joriy etildi. Uning ilk mijozi boʻlmish Faridaxon Mamatisaqova Shahrixon tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi. Shu bilan birga oilasida issiqxona tashkil etib, tadbirkorlik faoliyati bilan ham shugʻullanadi. Ikki farzandi Koreya davlatida tahsil olmoqda. Bularning barchasi ayolning huquqiy madaniyatini shakllantirishga asos boʻlgan boʻlsada, u baribir, oilaviy advokatga ehtiyoj sezdi.

- Aksariyat hollarda kichik sabab bilan ham advokat yollashga toʻgʻri keladi, - deydi Faridaxon Mamatisaqova. – Bu anchagina mablagʻ talab qiladi. Oilaviy advokat xizmatidan foydalanish uchun esa oylik maoshning atigi 5 foizi miqdorida haq toʻlanar ekan. Eng muhimi, hayotda uchraydigan har bir masala yuzasidan biz uchun qaygʻuradigan oʻz advokatimiz bor.

Bugungi kunda respublikamizda 3944 nafar advokatlar faoliyat yuritmoqda. Shulardan 202 nafari Andijon viloyatidagi 82 ta advokatlik tuzilmalari tarkibida fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilyapti.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?