Shahrixonda chigit unib chiqdi

23:25 14 Mart 2019 Iqtisodiyot
584 0

Foto: auz.uz

“Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi “Qashqar diyori” fermer xoʻjaligi dala maydonida chigitdan ilk nihol unib chiqdi. Maʼlum qilinishicha, 27-fevral kuni 58 gektar maydonga chigitning “Andijon-35” navini ekish ishlari yakunlangan.

— Oʻtgan yili paxta boʻyicha yillik shartnoma rejasini 123 foiz bajardik, — deydi fermer xoʻjaligi rahbari Toymirza Yusupov. — Bu yilgi hosildan ham umidimiz katta. Boisi, yuqori hosil olish uchun qish chillasida ham dalaga ishlov berdik. Aniq reja asosida olib borayotgan ishlarimiz bugun oʻzining ijobiy natijasini berdi. Quvonchimiz kuzda oʻz mahsulini berishiga ishonchim komil.

Xoʻjalik aʼzolari gʻoʻzaga ishlov berish ishlari boshlanguniga qadar 55 gektar yer maydonidagi bugʻdoyning chillaki navini parvarishlash bilan band boʻlmoqdalar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?