Shahramning navbatdagi raqibi ancha tajribali 

17:17 12 Aprel 2018 Sport
556 0

Professional bokschimiz Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 21 aprel kuni vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Gabor bungacha professional boksda 34 ta jang o‘tkazgan. Shundan 24tasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut). 10 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.

Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional boks ilk jangini shu yilning 10 mart kuni o‘tkazdi. O‘sha kuni argentinalik Nikolas Velaskesni sanoqli soniyalar ichida nokautga uchratgandi.

Hamyurtimiz ishtirokida jang Bruklindagi “Kings Theatre” arenasida o‘tkaziladi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?