Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi muddati va raqibi maʼlum boʻldi

12:04 22 Fevral 2019 Sport
550 0

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram Gʻiyosov (6-0, 5 KO) 23 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan 24 fevral tongida) oʻzining 7-jangini oʻtkazadi. Bu haqda sportchining oʻzi Instagramʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Meksikaning Tixuana shahrida oʻtkaziladigan jangda hamyurtimizga meksikalik Edgar Puerta (25-11-1, 19 KO) raqiblik qiladi.

Maʼlumot uchun, Edgar Puerta tajribali raqib sanaladi. U 2014 yilda super yarim yengil (-58,97 kg) vazn toifasida WBC jahon chempionligi uchun yaponiyalik Takashi Miuraga qarshi ringga koʻtarilgan, biroq imkoniyatni boy bergandi. Bungacha esa u 2012 yilda ikki marta WBC Silver chempionlik kamarini himoya qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?