Shahram Gʻiyosovning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi

17:20 07 Noyabr 2018 Sport
665 0

Olimpiya oʻyinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram Gʻiyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini oʻtkazadi. Shu kuni hamyurtimizga meksikalik charm qoʻlqop ustasi Migel Samudio raqiblik qiladi.

Maʼlumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan. 4 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan.

27 yoshli Samudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u gʻalaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 11 ta jangda esa magʻlubiyat alamini totib koʻrgan (9 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?