Shahram Gʻiyosovning navbatdagi raqibi yengilmas bokschi

10:46 10 Sentyabr 2018 Sport
329 0
Suratda: Shahram Gʻiyosov

Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini 22 sentyabr kuni oʻtkazadi.

Londondagi mashhur “Uembli” stadionida tashkil etiladigan bahsda vakilimiz nikaragualik Xulio Lagunaga qarshi ringga chiqadi.

Laguna ancha jiddiy raqib. U shu paytgacha professional boksda 14ta jang oʻtkazib, barchasida gʻolib boʻlgan. Oʻnta bahsida raqiblarini nokautga uchratgan.

Havaskor oʻrtasida jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi boʻlgan Shahram Gʻiyosov hozirga qadar professional boksda toʻrt marotaba ringga chiqib, barchasi jangda gʻalaba (3ta nokaut) qozongan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?