Shahram Gʻiyosov yana texnik nokaut evaziga gʻalaba qozondi

09:34 25 Fevral 2019 Sport
440 0

Professional boksda bu safar yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqqan oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov (7-0, 6 KO) navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Meksikaning Tixuana shahrida boʻlib oʻtgan boks kechasida ishtirok etgan Shahramga bu safar meksikalik Edgar Puerta (25-12-1, 19 KO) raqiblik qildi. 8 raundga moʻljallangan jangning beshinchi raundida Shahram Gʻiyosov tomonidan berilgan ketma-ket zarbalardan soʻng hakam jangni toʻxtatishga qaror qildi. GoSport internet-nashri xabariga koʻra, raqib yerga qulamagan boʻlsada, uning murabbiyi oq sochiq koʻtardi va shu bois texnik nokaut qayd etildi.

Ushbu gʻalaba Shahram uchun professional boksdagi yettinchi gʻalaba boʻldi. Gʻalabalarning oltitasida u muddatidan oldin raqiblarini taslim etishga muvaffaq boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?