Shahram G‘iyosov yana Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilishi mumkin

20:57 01 May 2018 Sport
619 0

Shahram Olimpiadaning litsenzion musobaqasida yo‘llanma qo‘lga kirita olsa Tokioda O‘zbekiston sharafini himoya qila oladi.

2016 yil Braziliyaning “Rio-de-Janeyro”da bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov 2020 yil Tokio shahrida bo‘ladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin.
U bu haqda Milliy Olimpiada qo‘mitasi rasmiy saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Men O‘zbekistondan ketishimdan oldin, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va boks federatsiyasida Olimpiya o‘yinlarida mendan yana medal kutishlarini aytishdi. Shu sababli, professional shartnomamga Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bandini kiritdim. Osiyo va Jahon chempionatida qatnasha olmayman. Ammo Olimpiadaning litsenzion musobaqasida ringga chiqib, yo‘llanma qo‘lga kirita oladigan bo‘lsam, Tokioga borish imkoniyati menda bor”, — dedi, Jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?