Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqiblari aniq bo‘ldi

10:56 13 Avgust 2018 Sport
187 0
Foto: Instagram / Shahram G‘iyosov

Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional boksdagi navbatdagi jangini 17 avgust kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchi “Xalq so‘zi” muxbiriga ma’lum qildi.

Jang AQSHning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tadi. Unda Shahramga ganalik Albert Mensa raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, G‘iyosov shu kungacha professional ringda uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba (2 nokaut) qozongan. Ganalik bokschi esa 38 ta jang o‘tkazib, ularning 31tasida g‘olib bo‘lgan (15 nokaut). Oltita jangda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, bitta bahsda durang qayd etilgan.

Shuningdek, boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi, olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyevning ham professional boksdagi navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Ahmadaliyev navbatdagi jangini 23 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida chililik Ramon Kontrerasga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev bungacha professional boksda uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba (2tasi nokaut) qozongan. Uning bo‘lajak raqibi Kontreras esa prof ringda 21 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 15tasida g‘olib (6tasi nokaut) bo‘lgan. 6ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?