Shahram Gʻiyosov: “Nasib qilsa, yurtimizga gʻalaba bilan boraman”

11:02 19 Avgust 2019 Sport
332 0

Xabaringiz bor, 24-avgust kuni (Toshkentda 25-avgust tongida) professional bokschimiz Shahram Gʻiyosov Meksikada navbatdagi jangini oʻtkazadi. Mazkur bahsda hamyurtimizga sobiq jahon chempioni, kolumbiyalik Darleys Peres raqiblik qiladi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Ushbu jang oldidan Shahram Gʻiyosov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"9-jangimga bir hafta vaqt qoldi. Nasib qilsa, chorshanba kuni murabbiy va menejerlarimiz bilan Meksikaga joʻnab ketyapmiz. Ayni paytda translyatsiya masalasida ish olib borilmoqda. Yaqin orada bu borada yangiliklar boʻladi.

Tayyorgarlik juda yaxshi oʻtdi. Sparringlar boʻldi. Mehnatni oxirigacha qildik. Endi Xudo xohlasa ushbu mehnatning rohatini koʻramiz. Gʻalaba qozonib, Oʻzbekistonimiz bayrogʻini koʻtaramiz.

Bu himoya jangim boʻladi, 10 raundga moʻljallangan. Raqibim juda kuchli bokschi. Ikki karra jahon chempioni, olimpiada ishtirokchisi. Jang qiziq boʻlishi kutilmoqda. Nasib qilsa, duo qilib tursangiz yurtimizga gʻalaba bilan boraman", - dedi Shahram Gʻiyosov Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Shahram ayni paytda WBA International kamari sohibi hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?