Shahram Gʻiyosov 90 minglik sigʻimga ega “Uembli”da jang qiladi

11:06 30 Avgust 2018 Sport
299 0

Professional boksning yarim oʻrta vazn (-66,67 kg) toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini 22 sentyabr kuni Londonning afsonaviy stadioni “Uembli”da oʻtkazadi. Bu haqda bokschining oʻzi “Xalq soʻzi” muxbiriga maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga qaraganda, Shahram Gʻiyosov 22 sentyabr kuni boʻlib oʻtadigan boks kechasida ringga chiqishi kutilmoqda. Hozircha uning raqibi kim boʻlishi aniq emas.

Oʻsha kuni kechaning markaziy jangida superogʻir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yoʻnalishlari chempionligi uchun britaniyalik Entoni Joshua va rossiyalik Aleksandr Povetkin ringga koʻtarilishi koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?