Shahram Gʻiyosov 1-raunddayoq gʻalaba qozondi

09:20 25 Avgust 2019 Sport
149 0

Havaskor boksda jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlari finalchisi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Shahram Gʻiyosov biroz avval Meksikada navbatdagi jangini oʻtkazdi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

“Centro de Usos Multiples” arenasida tashkil etilgan jangda bokschimizga kolumbiyalik Darleys Peres raqiblik qildi. 10 raundga moʻljallangan jang 30 soniyaga ham yetib bormadi. Shahram birinchi aniq va kuchli zarbasidayoq sobiq jahon chempionini texnik nokautga uchratdi. Bu bilan Gʻiyosov chempionlik kamarini oʻzida saqlab qoldi.

Eslatib oʻtamiz, Shahram shu kungacha prof boksda 9 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongandi (7 ta nokaut). Sobiq jahon chempioni Peres esa proffessional ringda 41 marotaba jang qilgan. Ularning 34 tasida gʻalaba qozongan (22 ta nokaut). Bugun beshinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi (4 ta nokaut). Ikki jang durang natija bilan yakunlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?