Shahobiddn Zoirov ham professional boksga oʻtadi

15:45 07 Fevral 2019 Sport
132 0

Rio Olimpiadasi chempioni, Osiyo oʻyinlari sovrindori Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqda bokschi MOQ Matbuot va media departamenti vakillariga maʼlum qildi.

Charm qoʻlqop ustasi “MTK Global” promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan. U bir necha kundan soʻng Britaniyaga yoʻl oladi. Aynan oʻsha yerda bokschining prof ringdagi dastlabki jangi qachon va kimga qarshi oʻtkazilishi maʼlum boʻladi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi Shahobiddin Zoirovga professional ringda muvaffaqiyatlar tilaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?