Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi

17:36 28 Avgust 2019 Jamiyat
186 0

27-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida boshlangʻich taʼlim oldidan majburiy yillik maktabgacha tayyorlovdan oʻtgan bolalarga ilk guvohnomalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Maktabgacha taʼlim vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi Shahnoza Mirziyoyeva va Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev ishtrok etdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

Oʻzbekiston hukumat qaroriga asosan bolalarni maktabga bir yillik majburiy tayyorlash loyihasi boshlangandi. Tajribaning dastlabki bosqichi Qorakalpogiston Respublikasi, Fargʻona viloyati va Toshkent shahrida amalda tatbiq etilib, 11 ming nafar bolani qamrab oldi.

Dastur maktabgacha yoshdagi maktabgacha taʼlim muassasalariga bormagan bolalar uchun moʻljallangan. Loyiha “Ilk qadam” dasturining bir qismi sifatida amalga oshiriladi va maktabda bir yillik majburiy tayyorgarlikni talab qilmaydi.

Birinchi bosqich yakunidan soʻng, vazirlik butun respublika boʻylab maktabgacha bir yillik tayyorgarlikni boshlaydi.

Maktabgacha talim tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq 6 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish 2020-yilda 85,2 foizni, 2021-yilda 100 foizni tashkil qilishi kerak. Toshkentda esa yil yakuniga qadar bu koʻrsatkichni 100 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida davlat tomonidan tasdiqlangan sertifikat mavjudligi birinchi sinflarga qabul qilish uchun muhim hisoblanadi. Hozirda ushbu masala Maktabgacha talim va Xalq taʼlimi vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?