Shahar hokimi va yana 13 kishi korrupsiya ishi boʻyicha qamoqqa olindi

16:17 06 Noyabr 2018 Dunyo
1339 0

Italiyaning Fuskaldo shahrida 14 kishi, jumladan, ushbu shahar hokimi Janfranko Ramundo, uning oʻrinbosari, maslahatchilari, boshqa davlat xodimlari, shuningdek, xususiy tadbirkorlar korrupsiyada gumon qilinib qoʻlga olindi. Bu haqidaANSA, Rai News va Quicosenza manbalari xabar berdi.

Ushlanganlarning 12 nafari qamoqda, ikki nafari uy qamogʻida saqlanmoqda. Gumondorlarni qoʻlga tushirish amaliyotida jami 100 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Ish doirasida gumonlanuvchilarga tegishli umumiy qiymati 215 ming yevrolik aktivlar xatlangan.

Ular maʼmuriy qonun buzilishlari, bosim oʻtkazish, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish, rastrata, ommaviy savdolarni oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik hamda pudratchilarni tanlashda til biriktirish kabilarda ayblanmoqda. Ularning davlatga yetkazgan zarari 7,5 mln. yevro deb baholanyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?