Shafoatxon Rahmatullayeva Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining oddiy palatasida davolanmoqda - Vazirlik

21:45 27 Oktyabr 2020 Jamiyat
301 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston xalq artisti Shafoatxon aya Rahmatullayeva ogʻir ahvolda jonlantirish boʻlimida yotganliklari haqidagi xabar tarqab ketgan edi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi aktyorning oila aʼzolari bilan bogʻlanib ahvoli yaxshilanganligini, hozir onaxon aktrisa Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining oddiy palatasida muolaja olayotganligini aniqlagan.

Eslatib oʻtamiz, Shafoatxon Raxmatullayeva oʻz ijodiy faoliyati davomida 150 dan ziyod turli xarakterdagi rang-barang, katta-kichik va betakror rollarni ijro etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?