Sh. Shermatov: Majburiy mehnatga chek qo‘yish eng muhim shiorimiz

16:19 26 Iyun 2018 Jamiyat
1478 0
Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”

Oldin xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar xususida brifing o‘tkazmoqda.

Unda muxbirimiz Maqsud Jonixonov ham ishtirok etmoqda.

“Tadbirkorlarimiz to‘yxonalar, do‘konlarga emas, ta’lim rivoji, ota-onalar esa farzandining yaxshi o‘qishi uchun sarmoya kiritsa, shunga jon koyitsa, ko‘zlagan maqsadlarimizga tezroq erishamiz. Asosiy niyatimiz, ta’lim sifatini yaxshilash! Ilgari bolalarimizdan kelajakda kim bo‘lmoqchisan, deb so‘ralsa,“O‘qituvchi“ deb javob berardi. Hozir esa “Biznesmen bo‘laman“, deydi. Majburiy mehnatga chek qo‘yilishi, o‘qituvchining nufuzini yuksaltirish eng muhim shiorimiz“, - dedi Sh. Shermatov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?