“Seul xalqaro madaniyatlar festivali” doirasida vatandoshlar tomonidan Oʻzbekistoning turizm salohiyati targʻib etildi

13:58 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
65 0

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz “Seul xalqaro madaniyatlar festivali” doirasida Oʻzbekistoning madaniyati, sanʼati va turizm salohiyatini targʻib etishdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Tadbirda oʻzbek milliy taomlari va qandolatchilik mahsulotlari bilan bir qatorda milliy liboslar, raqs hamda qoʻshiqlar orqali Oʻzbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakillari tomonidan koreys hamda boshqa chet ellik mehmonlarga Oʻzbekistonning boy madaniyati, sanʼati va turizm salohiyati targʻib qilinib, ona yurtimiz va turizm sohasida kuzatilayotgan oʻzgarishlar haqida koʻplab maʼlumotlar taqdim etildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda ona vatanimizni dunyoga tanitish, koreyaliklar orasida yurtimizning turizm salohiyatini targʻib qilish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Seul xalqaro madaniyatlar festivali ishtirokchilari Oʻzbekiston haqida yanada chuqurroq taassurotga ega boʻlishdi. Festivalga tashrif buyurgan mehmonlarning Oʻzbekiston haqida qiziqtirgan savollariga javob berdik. Oʻylaymizki, ularning vatanimizga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi” – deydi vatandoshimiz, Oʻzbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakili Shoxrux Jabborov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?