Server Jeparov faoliyatini yangi chempionatda davom ettiradi

15:59 26 Iyul 2018 Sport
1106 0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sobiq sardori Server Jeparov faoliyatini Qozog‘istonning “Jetisu” klubida davom ettiradi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi Online”.

Hozircha 35 yoshli futbolchining qanday shartlar evaziga yangi klubga o‘tgani borasida aniq ma’lumotlar berilmagan. Jeparov yangi jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Server Jeparov o‘z vaqtida O‘zbekistonda “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalarida to‘p surgan. Bundan tashqari u legioner sifatida Janubiy Koreyaning “Seul”, “Sonnam”, “Ulsan Hyonde” klublari sharafini himoya qilgan. So‘nggi vaqtlarda esa u faoliyatini Eronda davom ettirayotgandi. Avvaliga u “Istiqlol” jamoasida to‘p surgan bo‘lsa, keyinroq “Sipohon” jamoasi safiga borib qo‘shilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019