Server Ibragimov para oʻq otish boʻyicha jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi

10:58 25 Fevral 2019 Sport
222 0

BAAning Al-Ayn shahrida paralimpiyaning oʻq otish sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan jahon kubogi bahslari ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi delegatsiyasi bitta oltin medal bilan boyidi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Paralimpiadaga yoʻllanma beradigan ushbu nufuzli musobaqada sportchimiz Server Ibragimov SH1 mashqida toʻpponchadan 50 metrga oʻq uzish bahslarida eng yaxshi natija koʻrsatib oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ibragimov 223,0 natijani qayd etgan boʻla, hindistonlik Singx Ray (222, 8) kumush va ukrainalik Aleksey Denisyuk (200,5) bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Server Ibragimov, 2018 yil may oyidayoq Koreyaning Chonju shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritib boʻlgan. Oʻshanda Server R1 mashqida 10 metrga oʻq uzish boʻyicha kumush medalga sazovor boʻlgan. Demak, uning uchun mazkur turnir Olimpiadaga tayyorgarlik vazifasini oʻtaydi.

S.Ibragimov Rio-2016 Paralimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?