Prezident Sergeli yer usti metrosini shu yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirish vazifasini qoʻydi

23:36 29 May 2020 Jamiyat
327 0

Yangi ekoparkda Sergeli tumani mutasaddilari, aholi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

- Bugun bu yerga kelishimdan maqsad - koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi murakkab vaziyatda xalqimizni nimalar oʻylantirayotgani, odamlar hayotini yaxshilash uchun yana nimalar qilish kerakligini birgalikda fikrlashib olish, - dedi davlatimiz rahbari.

Sergeli tumani uchun shakllantirilgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, Transport va kommunal xoʻjalik infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan qiymati 83 million dollar boʻlgan, 7 kilometr uzunlikdagi Sergeli yer usti metrosi qurilmoqda. Uni joriy yil sentyabr oyida foydalanishga topshirish vazifasi qoʻyildi.

Oqova suv va isitish tarmoqlarini yaxshilash, markaziy issiqlik tizimini yopiq tizimga oʻtkazish orqali modernizatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?