Sergelidagi arzon uy-joylar qurilayotgan hududda chiqqan yongʻin natijasida bir kishi halok boʻldi

14:01 12 Iyul 2019 Jamiyat
1788 0

Bugun, 12-iyul kuni Sergeli tumanidagi qurilish uchastkasi hududida avtokran yonib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar yongʻin xavfsizligi boshqarmasi “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, soat 11:49 da Sergeli tumanida 8-sonli arzon uy-joylar qurilish maydonida ishlayotgan avtokranda yongʻin chiqqan. Yongʻinga yuqori voltli elektr oʻtkazgich va kran oʻrtasidagi tutashuv sabab boʻlgani aytilmoqda. Yaʼni kran yuqori voltli tok oʻtgan simga tegib ketgan. Yongʻin natijasida kran haydovchisi halok boʻlgan.

Yongʻin sodir boʻlgan joyga maxsus yongʻin uchiruvchilar guruhi 12:00 da yetib kelgan va shaxsiy tarkibning harakatlari natijasida yongʻin 12:34 soatda bartaraf etildi. Yongʻinni bartaraf etish uchun 2 ta yongʻin uskunalari ishga tushirilgan.

Yongʻin natijasida koʻrilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?