Sergelida yangi qurilgan uylardagi aholi uchun 5 mingdan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi

16:19 26 Aprel 2019 Iqtisodiyot
736 0

Sergeli tumanida qisqa fursatda 100 dan ortiq koʻp qavatli uy-joylar qurilib, aholiga topshirildi. Mazkur mavzelarda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan fuqarolar koʻchib kelmoqda. Mazkur oilalarga yanada qulaylik yaratish va ish bilan taʼminlash maqsadida mahallalarda maktab, maktabgacha taʼlim muassasasi va sogʻliqni saqlash maskanlari hamda ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilmoqda. Bu haqda ”Xalq soʻzi” muxbiri xabar bermoqda

2019-2020 yillarda Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida Toshkent halqa avtomobil yoʻlida 20 dan ortiq yangi korxonalar qurilishi ishlari olib borilmoqda. Jumladan, ushbu korxonalar orasida tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan, 1000 nafar xodimni ishga qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlgan yirik ishlab chiqaruvchi “Bek Mega Textile” masʼuliyati cheklangan jamiyati qurilish ishlarini jadal suratlarda olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu korxonaning birinchi qismi ishga tushirilib, 300 ga yaqish fuqarolar ishga qabul qilingan.

Shuningdek, “Orchid buity” MCHJ toʻliq ishga tushirilib, bugungi kunda 200 nafardan ortiq fuqarolar ish bilan taʼminlandi. Ishga qabul qilingan fuqarolarning aksariyati yangi koʻchib kelgan fuqarolar hisobiga toʻgʻri keladi.

Hozirgi kunda “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ QK metall mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi, “Rosti Rasti Baraka” MCHJ tomonidan bolalar oʻyinchoqlarni ishlab chiqarish loyihasi, “Adi Set Servis” MCHJ tomonidan issiqxona, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qadoqlash loyihasi, “Oriant Confiction” MCHJ tomonidan qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi, “Vivat Mebil” MCHJ tomonidan mebal mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi, “Laxisam Phorma” MCHJ tomonidan dori vositalarini qadoqlash loyihalarining ishga tushirilishi ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari ushbu hududda 2019-2020 yillarda 2 ta mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatiga, 3 ta tekstil va toʻqimachilik sanoatiga, 2 ta neft va kimyo sanoatiga, 3 ta oziq-ovqat sanoatiga va charm poyabzal sanoatiga moʻljallangan loyihalarining ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar negizida besh mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etilishi koʻzda tutilgan va 200 mln. AQSH dollaridan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?