Sergelida taʼmirlanayotgan ishlab chiqarish binosida yongʻin chiqdi

18:06 27 Fevral 2019 Jamiyat
242 0

Illyustrativ foto

2019 yilning 26 fevral kuni soat 17:45 da Toshkent shahar IIBB YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Sergeli tumani Xonobod koʻchasida joylashgan “Grand Roud Tashkent” QK MCHJga qarashli kapital taʼmirlanayotgan “Asfalt va temir-beton mahsulotlari”ni ishlab chiqarish binosida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida zudlikda koʻrsatilgan manzilga soat 17:46 daqiqa oʻtganda jami 6 ta asosiy yongʻin oʻchirish ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Boʻlinmalar soat 17:54 da voqea joyiga yetib kelib, yongʻin soat 18.34 da qurshab olingan va soat 18:41 da toʻliq bartaraf etilgan.

Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Halok boʻlgan va tan jarohati olganlar yoʻq.

Yongʻin oqibatida, “Asfalt va temir-beton mahsulotlari”ni ishlab chiqarish binosining 600 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yongʻindan bino tomining 1740 kv.m. maydoni saqlanib qolingan. Yongʻinning taxminiy sababi, elektr payvandlash ishlarini olib borishda yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?