Sergelida “Industrial park” kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

16:29 16 Avgust 2018 Jamiyat
180 0

Toshkent shahar, Sergeli tumanida “Industrial park” kichik sanoat zonasini tashkil etiladi. Bu Prezidentning “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, ilgari “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “MAI” (maxsus aviatsiya ishlari – tahr.) aviakompaniyasining tegishli bo‘lgan Sergeli tumani, Rayhon ko‘chasida joylashgan binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasi ularga tutash 101,64 gektar maydon bilan birgalikda Toshkent shahar hokimligiga beg‘araz beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kichik sanoat zonasi muayyan yer uchastkasini o‘z ichiga olgan hudud, ayrim holatlarda – muhandislik-texnik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan ishlab chiqarish maydoni sanaladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?