Sergelida “bilimlar bellashuvi” ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

17:42 07 Yanvar 2019 Jamiyat
658 0

Muallif olgan surat

Kuni kecha poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashgan maktabda “Bilimlar bellashuvi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

“27 yillik pedagogik ish faoliyatimda “zavuch”lik jarayoni oʻqituvchilik jarayoni bilan ketma-ket ulanib ketgan, 300 maktabning direktor oʻrinbosari Muqaddas Salixova. Yoshlarimiz maktabimiz shaʼnini doim himoya qilib kelgan. Bugungi tadbirimiz ham fikrimiz dalilidir. Har yili bunday anʼana bayramona ruhda ochiladi. Chunki, bolajonlarimizni ruhlantirib, test va diktant yozishga kuzatib qolamiz. Shunisi qiziqarliki, hozirda bizning oʻquv dargohimizda 4860 ta oʻquvchi oʻqiydi.

“Bilimlar bellashuvi” da 4 sinfdan to 8 sinfgacha boʻlgan oʻquvchilarning bilim darajasi yaʼni oʻzi topshirayotgan fandan toʻgʻri va chiroyli yozish,test sinovlari orqali oʻzini bilim darajasini sinab koʻrishadi. Qaysidir maʼnoda oʻquvchilarimiz hayotdagi bir sinovdan oʻtishadi. Bilmaganlarini oʻrganishadi. Biz ularni ilmga boʻlgan qiziqishlaridan, dunyoqarashlaridan kelib chiqib, ularni “olimpiada”ga tayyorlab boramiz.

Oʻquvchilarimizni maktab darsliklaridan tashqari, bugungi kunda dolzarb boʻlgan muammolarni ham yuzaga chiqarib ularda bilim va tajriba hosil qilishga undayapmiz sababi, biz ularga har sohani qamrab olgan testlarni onlayn tarzida uzatdik. Bolalar oʻz bilimlarini kompyuterda programmaga kirgizilgan test sinovlari orqali sinab koʻrishyapti. (Testlar taʼlim markazlaridan olib kelingan.)

Oʻtgan yili ushbu bellashuvda aynan, matematika, fizika va biologiya fanlari boʻyicha tuman bosqichida sovrinli 2 oʻrinni qoʻlga kiritganmiz. .

Biz-oʻqituvchilar har bir maktabda oʻtkazilayotgan bunday tadbirlarda, yigʻinlarda ishtirok etib boramiz. Bunday bellashuvlar nafaqat oʻquvchilarni,balki oʻqituvchilarni ham saviyasiga qarab, marjon kabi bir ipga tergandek goʻyo!

Bunday musobaqalarning oʻtkazilishidan asosiy maqsad bolajonlarni Vatanimizga kerakli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat!

- Maktabimizda 211 ta oʻqituvchi faoliyat yuritadi. Boʻsh ish oʻrinlari yoʻq. Oʻqituvchilarimiz yetarlicha salohiyatga ega. Oliy va birinchi toifali oʻqituvchilarimiz bu oʻquv dargohimizda dars berishadi Bu, avvalo, bizning yutugʻimizdir!

- Bugun rus tili fanidan bu musobaqada qatnashyapman. Kelajakda bajarmoqchi boʻlgan ishlarim koʻp, - deydi 300-maktabning 5”g” sinf oʻquvchisi Minkabilova Yasmina.

. Bu musobaqada shunchaki ishtirok etmayapman. 1 yil davomida oʻz ustimda ishladim. Oʻtgan yili ham rus tili fanidan 1 oʻrinni qoʻlga kiritgan edim. Bu yil endi natijalarga bogʻliq. Sababi, bu fanni mendanda chuqurroq biladigan tengdoshlarim bor!

Shohsanam BЕRDIBЕKOVA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?