Sergelidagi 72 ta xonadon kimlarga berildi?

14:51 08 Yanvar 2019 Jamiyat
312 0

Prezidentimizning 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yaqinda poytaxtimizda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, nogironligi bor, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning 72 tasiga Sergeli tumanida qurilgan zamonaviy arzon koʻp qavatli uy-joylarning kalitlari topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar nogironligi boʻlgan shaxslarning turmush darajasi hamda sifatini yanada yaxshilash, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, bunday shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari U. Muxammadiyev ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?