Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

11:16 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
188 0

Bugunga qadar Yakkasaroy tumani hokimi boʻlib ishlab kelgan Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Shomurodov bunga qadar davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan.

Baxtiyor Shomurodovni tabriklaymiz va Sergeli tumanining har tomonlama rivojlanishiga muhim hissa qoʻshishiga umid qilamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?