Sergeli tumani hokimi Husanov Nozim Baxtiyorovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi

11:50 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
143 0

Nozim Husanov uzoq yillar davomida malakali iqtisodchi sifatida bank sohasida samarali faoliyat yuritdi. Qator tijorat banklari va Markaziy bankda rahbarlik lavozimlarida ishladi.

Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda birinchi oʻrinbosari sifatida poytaxtimiz iqtisodiyoti oʻsishi va turli sohalar rivojiga munosib hissa qoʻshdi.

Biz Nozim Baxtiyorovichni yangi vazifaga oʻtganliklari bilan tabriklaymiz va Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashlarida omad yor boʻlishini niyat qilamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?