Sergeli avtomobil bozori qayerga ko‘chishi ma’lum bo‘ldi

11:33 19 Iyun 2018 Jamiyat
1591 0

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan avtomobillar bozori Toshkent viloyati hududiga ko‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev Botanika bog‘ida o‘tkazilgan “Top 500” biznes-konferensiyasida ma’lum qildi.

Ortiqxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri hududidagi bir qator bozorlar boshqa hududga, jumladan Sergeli avtomobil bozori Toshkent viloyatining Chinoz tumani hududiga ko‘chiriladi.
“Avtomobil bozori Chinozga ko‘chiriladi. Shu masalasida tadbirkorlarni yaxshi biznes taklif qilmoqchiman. Agar bu ishga pul tikmoqchilar bo‘lsa, marhamat, e’tirozimiz yo‘q”, – degan shahar hokimi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?