Sergey Lavrov Koreya yarim orolidagi muammoning qanday yechish mumkinligini aytdi

16:04 31 May 2018 Dunyo
310 0
Foto: Life.ru

Rossiya KXDR bo‘yicha barcha jalb etilgan tomonlar manfaatlariga to‘g‘ri keladigan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan uchrashuv yakunlaridan so‘ng bayonot berdi.

Rossiyalik diplomatning tashrifi KXDR va AQSH rahbarlari Kim Chen In va Donald Trampning 12 iyun kuni Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan sammiti oldidan, qolaversa, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasida muloqotlar faollashgan paytda amalga oshirildi.

Xususan, may oyining o‘zida Koreya yarim orolidagi Pxanmunjom chegara shahrida KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari Kim Chen In va Mun Chje In ikki bor uchrashdi.

Ma’lumot uchun, Lavrov ushbu safari arafasida Koreya yarim orolidagi muammolar bo‘yicha hal qiluvchi qaror hozirgacha hech kim bekor qilmagan faqat olti tomonlama muzokaralar formati (Rossiya, Xitoy, KXDR, Koreya Respublikasi, AQSH va Yaponiya)da qabul qilinishi mumkinligi haqida ham fikr bildirgandi.

“Koreya yarim orolidagi yadro muammosi KXDRga nisbatan sanksiyalar bekor qilinmaguncha to‘liq yechim topmaydi”, - deydi diplomat.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 12 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan KXDR tomonidan oltinchi bor yadro sinovlari o‘tkazilishiga javoban sanksiyalarni qat’iylashtirishga oid rezolyutsiya qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olish va bu mamlakatga gaz kondensatini olib kirishga taqiq qo‘yilgandi. O‘z navbatida, KXDRga neft va undan qayta ishlangan mahsulotlar eksportiga cheklangandi. Ayni chog‘da Shimoliy Koreyadan dengiz mahsulotlari, toshko‘mir, qo‘rg‘oshin va uning rudasi, temir rudasi va mahsulotlarini xarid qilish man etilgandi. Bu esa Pxenyan tashqi savdo qismiga sezilarli zarba beradi. AQSH tomoni ma’lumotiga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi bilan amalga kiritilgan hamda boshqa yangi sanksiyalarni qo‘llash KXDRni xom ashyo va tovar eksportidan kelib tushadigan daromadining 90 foizidan mosuvo qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?