Sentyabr oyidan MGIMOning Toshkent filiali oʻz faoliyatini boshlaydi

17:08 11 Fevral 2019 Jamiyat
149 0

Yaqinda Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvaxitovning mamlakatimizga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan mazkur oliy taʼlim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda bahorda Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilarining V Xalqaro forumini oʻtkazish va institut filialini ochish bilan bogʻliq amaliy jihatlar muhokama qilindi.

“Birgalikda kelajak sari” nomli MGIMO bitiruvchilarining Birinchi Umumjahon forumi 2013 yilda Boku shahrida oʻtkazilib, unda mazkur taʼlim muassasasining 25 davlatdan kelgan 400 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etgan. Umuman MGIMO Bitiruvchilari assotsiatsiyasi aloqa bazasi 50 mingta ismdan tashkil topgan.

Toshkent shahrida MGIMO filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi, jumladan, binoni taʼmirlash va oʻquv anjomlari bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

MGIMOning Toshkent filiali joriy yilning sentyabr oyidan bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha toʻlaqonli faoliyat koʻrsata boshlashi rejalashtirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?