Sentobda kutubxona

13:57 29 May 2019 Jamiyat
219 0

Navoiy viloyatining markazidan 270 kilometr olisdagi Sentob qishlogʻida yangidan bunyod etilgan kutubxona foydalanishga topshirildi.

Sentob Nurota tumanining asosan forsiyzabon aholi istiqomat qiluvchi qishloqlaridan biri. Shu bois ushbu maskanda maktab va maktabgacha taʼlim tojik tilida olib boriladi. Tabiiyki, mazkur tilda siyosiy, badiiy, ilmiy-texnik adabiyotlarga ehtiyojni qanoatlantirish qishloqda uzoq yillardan buyon muammoligicha qolib kelmoqda edi.

-Qishlogʻimiz Sentobsoy boʻylab qariyb 15 kilometrga choʻzilgan, - deydi taʼlim faxriysi Adham Elmurodov. – Togʻ orasida boʻlganimiz sabab uyali aloqa tizimi ham maʼlum hududlardagina ishlaydi. Shu sabab internet tarmogʻidan barcha hamqishloqlarimiz ham foydalanisha olmaydi. Ushbu kutubxonaning ishga tushirilishi nihoyatda dilimizdagi niyatning ijobati boʻldi.

Kutubxonaning ochilish tantanalari doirasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga tatbiq etish maqsadida“Kitob – tafakkur chirogʻi“ tadbiri oʻtkazilib, qishloq yoshlari oʻzlarining isteʼdod va iqtidorlarini namoyish etdilar. 

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?